Qozog‘istonning Nursulton shahrida bo‘lib o‘tgan «Nomad Awards» ko‘rik-tanlovida universitet talabasi Gran-pri va «Milliy an’analar davomchisi» nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.
Mamlakatlar o‘rtasida xalqaro munosabatlarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan tanlovda boshqa davlat vakillari, xoreografiya bo‘limining ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari talabalari, havaskor hamda professional jamoalar o‘z iste’dodlarini namoyish etdilar. Shuningdek, universitet 3-bosqich talabasi A.O.Lyaxova ham go‘zal raqsi bilan hammani lol qoldirdi.
Shohsanam Maxamadjanova