Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Universitetimizning aziz o’qituvchilari, talabalari va xodimlari!

Universitetimizning aziz o’qituvchilari, talabalari va xodimlari!

Sizlarni va yaqinlaringizni tarixiy an’analar davomiyligi, zamonlar va avlodlar aloqasi, Vatanimizning buguni va kelajagi uchun umumiy mas’uliyat ramzi bo’lgan-Mustaqilligimizning 30 yillik shodiyonasi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Bugun Toshkent davlat transport universiteti butun mamlakat kabi o’zgarish yo’lida. Biz yangi ilmiy yo’nalishlar va g’oyalarni ko’rib chiqmoqdamiz, xalqaro faoliyatni kengaytirmoqdamiz.
Bularning barchasi siz aziz yoshlarning, yangi yutuqlarga erishib, mamlakatimizning xalqaro obro’sini mustahkamlashingiz uchundir.
O’ylaymanki, Vatanga muhabbatni asrab-avaylash uning madaniy va ma’naviy qadriyatlarini saqlash va rivojlantirish orqali biz yuqori natijalarga erishamiz.
Ushbu muhim sana arafasida, barchaga sihat-salomatlik bitmas-tuganmas ijodiy kuch va muvaffaqiyatlar tilayman!

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram