OʻzbekРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Urganch shahrida yer osti avtomobil yo‘li ochildi

Urganch shahrida yer osti avtomobil yo‘li ochildi

Bugun Urganch shahrining qoq markazida bunyod etilgan zamonaviy yer osti avtomobil yo‘li foydalanishga topshirildi. Mazkur tunnelning uzunligi 500 metr, kengligi 17 metrni tashkil etib, loyiha bo‘yicha soatiga 3200 ta avtomobilni o‘tkazish quvvatiga ega.

Ta’kidlash kerak, bunday yer osti avtomobil yo‘li Respublikamiz viloyatlari ichida ilk bor Xorazmda bunyod etildi. Mazkur yo‘l o‘tkazgichni barpo qilishda bosh pudratchi tashkilot “Ko‘prikqurilish tresti” UKning “14-Ko‘prikqurilish” otryadiga qarashli 140 ta maxsus texnika hamda 1 800 nafardan ziyod malakali injenerlar, quruvchi va ustalar fidoyilik bilan mehnat qildilar.

Yer osti yo‘li qurilishi natijasida ushbu chorrahadagi tirbandlik bartaraf etildi, yo‘l-transport hodisalarining oldi olinib, piyodalarning xavfsiz harakatlanishi ta’minlandi.

Shuningdek, mazkur tunnel orqali har kuni shahar ichi va shahar atrofi yo‘nalishlarida qatnaydigan 200 dan ortiq avtobus va mikroavtobuslar harakatlanadi, ushbu jamoat transportlarida o‘rtacha 30 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.

Qayd etishim joizki, yo’l qurilishida universitetimiz bitiruvchisi Muratov Zafarbek qatnashgan. Hozirda u Xorazm Arxitektura-qurilish nazorat inspeksiyasida faoliyat yuritmoqda.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!