OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Ustoz-shogird an’analari – milliy qadriyatlarimiz me’rosi!

Ustoz-shogird an’analari – milliy qadriyatlarimiz me’rosi!

Yoshlar respublikamiz aholisining yarmidan ko’pmnm tashkil etadi. Shuningdek, yoshlar jamiyatimizning asosiy va ilg’or rivojlvntiruvchisi, mamlakatimizning ishonch va e’tiqodiga aylanishi bilan ham bog’liqdir. Mustaqil g’oyalarni yoshlarimiz ongiga singdirish, jamiyatni rivojlantirish demokratlashtirish, yangilash va modernizatsiya qilish ta’lim borasida dolzarb vazifa bo’lib qoladi. So’zsiz, ushbu vazifani izchil amalga oshirish va pirovard maqsadga erishishda, Oliy ta’lim muassasalarida ―Ustoz-shigird tizimining uzviyligi va uzluksizligini to’liq ta’minlash muhim o’rin egallaydi.
Oliy o’quv yurtlarida o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish muammolari ichida o’quv jarayonidan tashqari tarbiyaviy ish eng dolzarb muammo hisoblanadi. Bu masalaning dolzarbligiga talaba yoshlarga oliy o’quv yurtidan tashqaridagi muhit, jamiyatda qaror topgan mafkuraviy va iqtisodiy jarayonlar hamda axloqiy normalarning ta’siri muhim o’rin egallaydi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining oliy ta’lim tizimida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari samaradorligini oshirish, bu borada o’zbek xalqi orasida ming yillab e’zozlanib kelaѐtgan ―Ustoz va shogird milliy an’anasining ma’naviy-axloqiy tarbiya uchun o’ta muhim tamoyillaridan unumli foydalanishga katta ahamiyat bermoqda.
Shu munosabat bilan Toshkent davlat transport universitetida bir qator ishlar amalga oshirilimoqda.
1. 2020/2021 o’quv yilida magistratura bosqichida magistrlik disertatsiyasiga ilmiy raxbar etib …. ayel professor o’qituvchilar tayinlandi. Bundan tashqari ikki nafar ayel professorlar nomzodlik dissertatsiyaga raxbarlik qilishgan.
2. Universitetimizda 2020/2021 o’quv yidida ikki nafar talaba qiz Beruniy nomli Davlat stipendiyasi sohibi bo’lishgan: Rustemova Aynura va Xuseinova Gulrux.
3. 2020/2021 yilda talabalikka qabul qilingan 1002 nafaridan 16 nafarini Davlat test markazi imtiyoziga ega bo’lgan qizlar tashkil etadi. Ular Xarbiy soha kadrlarining va Ichki ishlar organlarining farzandlari; nogironligi bor qizlar; qo’shimcha davlat granti asosidagi qabul ko’rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga ajratilgan tavsiyanomalar asosida qabul qilingan qizlardir.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 iyundagi “Ta’lim muassasalariga qo’shim davlat granti asosidagi qabul ko’rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o’qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida”gi, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 iyuldagi O’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlar xizmatchilari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston respublikasi xukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi 562-son qarorlari asosida.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram