Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“UY ATMOSFERASI”GA EGA YANGICHA YOTOQXONALAR

“UY ATMOSFERASI”GA EGA YANGICHA YOTOQXONALAR

Toshkent davlat transport universitetida talabalarga qulay shart-sharoitlarda oʻqishlarini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratiladi. Xususan, universitetda talabalarning yashashlari, dars qilish, dam olishlari uchun zarur muhit yaratilgan.

Bu yil yotoqxonalarda katta taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Yangi oʻquv yili boshlanguniga qadar yotoqxona zamonaviy mebellar, zarur anjomlar bilan jihozlandi. Yotoqxonalarda talabalar sig’imi ikki barobar oshirildi.Bugungi kunda yotoqxonalar ishonchli yongʻin va xavfsizlik tizimlari, shuningdek, video kuzatuv tizimlari bilan jihozlangan.

Yotoqxonaning har qavatida dam olish uchun keng zal mavjud boʻlib, har bir xonada ovqatlanish xonasi, dush ishlab turibdi. Shuningdek, har bir xona alohida muzlatgich, mikroto’lqinli pech bilan ta’minlangan. Talabalarga o’z uylaridagidek his qilishlari uchun uy atmosferasi berildi. Bunday yotoqxonalar eski uslubdagi yotoqxonalardan sifati bilan tubdan farq qiladi.
 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram