Xalqaro bo‘lim o‘qituvchilarning tavsiyalarini inobatga olgan holda va ta’til davrida professor-o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini qo‘llab-quvvatlash maqsadida masofaviy ilmiy seminar, o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etmoqda.
Bugun Aviatsiya trnasporti fakulteti jamoasi uchun University of Strathclyde (Shotlandiya, Glazgo shahri) professori Dr. Matthew Stickland “Development of material and manufacturing technologies and their impact on the improvement of sailplane prefomance” mavzusida ma’ruza o‘qidi.