Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

XALQARO HAMKORLARIMIZ SAFIGA QS-500 TALIKKA KIRGAN VARSHAVA POLITEXNIKA UNIVERSITETI HAM QO‘SHILISHI MUMKIN

XALQARO HAMKORLARIMIZ SAFIGA QS-500 TALIKKA KIRGAN VARSHAVA POLITEXNIKA UNIVERSITETI HAM QO‘SHILISHI MUMKIN?!

Toshkent davlat transport universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori B.H.To‘rayev boshchiligidagi rasmiy delegatsiyasi Polshaning texnika yo‘nalishi bo‘yicha eng nufuzli Varshava politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda Varshava politexnika universiteti prorektori hamda Civil Engeneering fakulteti dekani prof. Andrzej Garbacz, Nazariy mexanika va temir yo‘l injeneriya kafedrasi mudiri prof. Artur Zbicia va Varshava politexnika universiteti Yo’llar va ko’priklar instituti direktori, Yo’l materiallari va texnologiyalari kafedrasi mudiri prof. Jan Krol qatnashdi. Muloqotda kelgusidagi hamkorlik masalalari, talaba almashinuvi, tajriba almashinuvi, stajirovka, may oyida imzolanadigan memorandumning barcha punktlari muhokama qilindi. Civil Engeneering fakulteti dekani professor Andrzej Garbacz: “Men dekan sifatida sharq bilan kelajakda hamkorlik qilishimizdan juda mamnunman. Chunki menda sharqiy davlatlar va universitetlar bilan ishlashda tajriba bor, sharq universitetlari va davlatlari bilan ishlashni Varshava politexnika universiteti o‘zi uchun strategik rejalaridan eng muhimlaridan biri deb biladi” deb ta’kidladi.

Ma’lumot uchun: ushbu universitet xalqaro QS-5oo talik universitetiga kiritilgan., universitet 36000 ga yaqin talaba o‘qiydi, ularga 2357 ta professor dars beradi. Shuningdek, Polshaning “PW-Sat” nomli 1-sun’iy Sputnigi universitetda yaratilgan. Universitetda 20 ta fakultet mavjud.

Jumladan:

  • Qurilish-montaj ishlari, gidrotexnika va muhandislik ekologiyasi fakulteti;
  • Mexanik energiya va aviatsiya fakulteti;
  • Transport fakulteti;
  • Qurilish, mexanika va neft kimyosi fakulteti kabi fakultetlar bor.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!