Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

Avval xabar berganimizdek, Turkiya ta’lim vaziri boshchiligidagi delegatsiya bilan O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari rahbarlari uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda ikki mamlakat tajribasi, boy ilmiy salohiyatidan foydalanib zamonaviy mutaxassislar tayyorlash uchun qator kelishuvlarga erishildi. Xususan, Toshkent davlat transport universiteti Turkiyaning yetakchi to’rtta universiteti bilan hamkorlik masalalari bo’yicha muzokaralar o’tkazdi. Jumladan:

  • Ankara Yildirim Beyazit universitetining logistika va aviatsiya,transportda xalqaro huquq yo’nalishi;
  • Rejep Tayyip Erdo’g’an Universitetining logistika, qurilish muhandisligi va kompyuter fanlari yo’nalishi;
  • Anqara Universitetining qurilish muhandisligi yo’nalishi;
  • Bursa Uludağ Universitetining avtomobilsozlik va qurilish muhandisligi yo’nalishlari bilan hamkorlikda yetuk salohiyatli kadrlar tayyorlash uchun qator amaliy ishlar olib borishga kelishib olindi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!