Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Xalqaro loyiha

Xalqaro loyiha

Transport universiteti Triggering innovative approaches, entrepreneurial skills and attitudes in HEI learners through creating the favourable conditions for graduate’s employability in Central Asia” (TRIGGER) grantida ishtirok etmoqda.

TRIGGER (Markaziy Osiyoda bitiruvchilarning ishga joylashish sharoitlarini yaratish uchun innovativ yondashuvlari va tadbirkorlik ko’nikmalarini yo’lga qo’yish) loyihasida Slovakiya, Frantsiya, Avstriya, Gretsiya, O’zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston oliy ta’lim muassasalari qatnashmoqda.

Loyihaning asosiy muvofiqlashtiruvchisi Slovakiyaning Koshitse texnika universitetidir.

TRIGGER loyihasida oliy ta’lim muhitining tadbirkorlik va innovatsion faoliyatlari, tadbirkorlik ta’limi va ko’nikmalarini rivojlantirishni takomillashtirish, ishga qabul qilish, bitiruvchilarning bandligini ta’minlashda oliy o’quv yurtlarining hamkorligini mustahkamlash, ularning barqarorligini ta’minlash bo’yicha olti qismdan iborat vazifalar ko’zda tutilgan.

Loyihaning umumiy byudjeti 52995 yevro tashkil qiladi. Loyiha konsortsiumi Markaziy Osiyodagi uchta davlatda 11 ta OTM, Yevropa Ittifoqining uchta davlatidan 3 ta OTM hamda 2 ta hamkor tashkilotdan iborat.