Bugun Toshkent davlat transport universitetining bir guruh yoshlari umidbaxsh kayfiyatda Minsk shahriga yetib borganligidan mamnun bo’ldim. Universitetimiz talabalarini Belarus milliy texnika universiteti rektori Sergey Xaritonchik kutib olganligi kayfiyat ulashdi.
Ilmiy-innovatsion fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan iqtidorli talabalar universitetning strategik resursi va xalqaro faoliyatimizning tayanchi sifatida baholayman.
Toshkent davlat transport universiteti va Belarusь milliy texnika universiteti yoshlari o’rtasida o’zaro ilmiy-ijodiy hamkorlik muhitini rivojlantirish, fikr-mulohaza va tajriba almashishlari uchun sharoit yaratib berish, yoshlarni fan-texnika taraqqiyoti yo’lida birlashtirish maqsadida tashkil etilgan “Xalqaro yozgi maktab” ishtirokchilariga omad tilayman!