Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Xitoylik mutaxassislar tashrif buyurdi

Xitoylik mutaxassislar tashrif buyurdi

2021-yil 25-dekabrda “Yuqori tezlikdagi elektr harakat tarkibi” kafedrasida Xitoy temir yo‘llari kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi boshlig‘i Qin Yao, Sifan ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassisi Sun Shijie, Dalyan lokomotiv-vagonsozlik zavodi konstruktorlari Chen Yujang, Zhang Depehg va TOSHIBA kompaniyasi mutaxassisi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida kafedra bilan Dalyan lokomotiv-vagonsozlik zavodi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatish istiqbollari, jumladan, o‘quv jarayoniga Xitoylik mutaxassislarni jalb etish, yangi keltirilgan elektrovozlar konstruksiyasi bo‘yicha professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun seminarlar tashkil etish, talabalar amaliyotini O‘zbekiston lokomotiv deposidagi Xitoy elektrovozlari bo‘limida tashkil etish, kelajakda Dalyan zavodida professor-o‘qituvchilarni stajirovkasini, talabalarni amaliyotini tashkil etish imkoniyatlari, ilmiy-texnik sohadagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!