Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Xivaga tezyurar poyezd qatnovi 2024-yilda yo‘lga qo‘yiladi

Xivaga tezyurar poyezd qatnovi 2024-yilda yo‘lga qo‘yiladi

Xivaga tezyurar temiryo‘l liniyasi 2024-yilda ishga tushiriladi. Bu yerda qatnovchi poyezd Jaloliddin Manguberdi nomi bilan ataladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi haykalining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda aytib o‘tdi.
Qayd etilishicha, kelgusi 5 yilda Xorazm viloyatida yangi mehmonxona va oilaviy mehmon uylari tashkil etilib, xorijiy turistlar soni 10 barobar oshiriladi, ya’ni yarim milliongacha yetkaziladi.
“Ochiq osmon ostidagi muzey” nomini olgan Xiva shahriga temiryo‘l yetib bordi va yangi vokzal ishga tushirildi. 2024 yilda esa tezyurar poyezdini Xivaga olib kelishni reja qilingan.
“Tulpor kabi uchqur, tezyurar poyezdga Jaloliddin Manguberdi nomini bersak, o‘ylaymanki, sizlar ham bu taklifni qo‘llab-quvvatlaysizlar”, dedi davlat rahbari.
Shuningdek, Urganch va Xiva shaharlari o‘rtasidagi avtomobil yo‘li bo‘yida 100 dan ziyod zamonaviy servis obektlari barpo etiladi.
Vohada mahalliy va chet ellik sayyohlar uchun jozibador “Xorazm” turistik brendini yaratish bo‘yicha aniq reja asosida ish olib borilmoqda.
Xorazmga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini keskin oshirish uchun hududlararo va xalqaro transport qatnovlarini kengaytirish maqsadida zarur infratuzilmalar yaratiladi. Yo‘lovchilar oqimi bo‘yicha poytaxt aeroportidan keyingi o‘rinda turadigan Urganch xalqaro aeroporti kelgusi 2 yilda rekonstruksiya qilinib, yirik turistik transport habiga aylantiriladi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!