OʻzbekРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

XORIJIY TAJRIBA

Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi bo‘yicha “ELBA-Establishment of training and research centers and development on Intelligent BigData Analysis in CA” mavzusidagi granti bo‘yicha 28.03.2022 dan 08.04.2022 y gacha navbatdagi seminarda ishtirok etish uchun universitet Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti “Avtomobilsozlik va ishlab chiqarish muhandisligi” kafedra katta о‘qituvchisi Azizbek Sarmonov, “Avtomobil va avtomobil xo‘jaligi” kafedra katta о‘qituvchisi Baxtiyor To‘raqulov, “Texnologik mashinalar muhandisligi” kafedrasi asistenti Sardor Mirholiqov, ilmiy tadqiqotchi Sharofiddin Pirnayev va kafedra magistranti Behruz Xalimovlar Italiyaning Turin politexnika universitetida bo‘lib turibdi.

Seminarning dastlabki kunlarida Turin politexnika universitetining “Mathematical Sciences” kafedrasi professori loyiha menejeri Roberto Fontana tomonidan “Ko’p faktorli ma’lumotlarni qayta ishlashda statistic usullardan foydalanish” fani bo’yicha o’quv mashg’ulotlar  o‘tkazilmoqda.

Erasmus+ loyihasi doirasida tashkil etilgan seminarda “Big Data analysis” dasturlarini o’rganish uchun darslar tashkil etilgan. Tashrif davomida darslarda ishtirok etish va Turin politexnika universitetining Laboratoriyalari bilan tanishish va hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish rejalashtirilgan.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!