Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

XORIJIY TILLARNI BILISH DARAJASINI BAHOLOVCHI XALQARO TAN OLINGAN SERTIFIKATLARNING RO‘YXATINI HAMDA XORIJIY TILLARNI BILISH DARAJASINI BELGILOVCHI MILLIY VA XALQARO TAN OLINGAN SERTIFIKATLAR O‘RTASIDAGI MUVOFIQLIK DARAJASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʼrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-5117-son qarorining 6-bandiga muvofiq 2022/2023 oʼquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi tartibi joriy etilgan. Bunda, filologiya yoʼnalishlari boʼyicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yoʼnalishlari boʼyicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etilishini eslatib oʼtamiz. Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar oʼrtasidagi muvofiqlik darajasini ushbu havola orqali koʼrishingiz mumkin.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!