Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Yangi ilmiy ishlanmalar koʻrgazmasi ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Yangi ilmiy ishlanmalar koʻrgazmasi ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Unda Vazirlar Mahkamasi, manfaatdor vazirlik va idoralarning masʼul rahbarlari va xodimlari, olim va mutaxassislar, yangi ishlanmalarni joriy etishdan manfaatdor boʻlgan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha vakillari ishtirok etmoqda.
Koʻrgazmada yangi mexanizm asosida bajarilgan va 2021-yilda yakunlangan ilmiy loyihalarning asosiy natijalari – 100 dan ortiq yangi ilmiy ishlanmalar namoyish etiladi.
Yangi ishlanmalarning asosiy qismi – 24,8 foizi texnika va kimyo texnologiyalari fanlari yoʻnalishida taqdim etilayotgan boʻlsa, shuningdek 13,9 foizi tibbiyot va farmatsevtika yoʻnalishi, 17 foizi qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida, 28,7 foizi ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishida tayyorlangan.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!