Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Yangi loyihalar va hamkorlik sari!

O’zbekistonda innovatsion-raqamli logistika kompaniyasini ochish hamda uni rivojlantirish maqsadida “SILVERLEAFE” kompaniyasi bosh direktori-Daniyel Patterson va “YCON group” kompaniyasi boshqaruvchi hamkori-Helmut Kaspers Universitet bilan hamkorlik qilish, IT sohasiga tushunchasi bor talabalarni ushbu kompaniyada ish olib borishi uchun tayyorgalik ko’rish, o’qitish masalalarini ko’rib chiqdi. Universitetning o‘quv jarayoni va Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti bilan tanishdi.
Bo’lajak kompaniyaning asosiy faoliyati yurtimiz qishloq xo’jaligi mahsulotlari, meva va sabzavotlarini saqlash, qadoqlash va Yevropa hamda AQSH davlatlariga eksport qilishdan iborat.
Universitet xalqaro aloqalar o’rnatishga doim tayyor! Talabalardan bu borada faol va munosib bo’lishni hamda natijaga erishish uchun birga harakat qilishni so’raydi!
Hurmat bilan, Xalqaro hamkorlik bo’limi!
Litsey: 5-sonli Talabalar turar joyi binosi 1-qavati

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram