Toshkent davlat transport universitetida 2021/2022 o‘quv yilining ochilishiga bag‘ishlangan tadbirlar “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida tashkil etilmoqda. Universitet rektori Odil Abduraxmanov tantana ishtirokchilarini tabrikladi.
– Transport kompleksi har doim iqtisodiyot rivojlanishini belgilab beruvchi omil bo‘lgan. Shubhasiz, transport sohasida yosh, o‘ziga ishongan va o‘z sohasini yaxshi biladigan mutaxassislarga talab yuqori, – dedi Universitet rahbari. – Talabalarga transport kompleksi bilan bog‘liq bo‘lgan eng ilg‘or mutaxassisliklar bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatini taqdim etishga shaymiz.
Tabrik davomida universitet rahbari karantin qoidalariga qat’iy rioya etish masalasiga ham e’tibor qaratdi.
– O‘tgan yil pandemiya sababli o‘quv yilini onlayn tarzda boshlashga to‘g‘ri kelgandi, – dedi Odil Abduraxmanov. – Vaktsinatsiya jarayonlari, kasallik keng tarqalishining oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlar tufayli bu yil o‘quv yilini an’anaviy tarzda boshlayapmiz. Lekin baribir karantin qoidalariga qat’iy rioya etish, avvalo o‘z sog‘lig‘imizga befarq bo‘lmasligimiz kerak. Professor-o‘qituvchilar, talabalar va ularning ota-onalari buni unutmasliklari lozim.
✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram