Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Yangi O‘zbekiston rivojlanishida transport vositalarining ahamiyati” mavzusida davra suhbati

Bugungi kunda xech birimiz kundalik hayetimizni trasport vositalarsiz tasavvur qila olmaymiz. Ishga yoki o‘qishga, maktabu bog‘chalarga va umuman har qanday manzilga yetib borishda bizga qulaylik yaratuvchi trasport vositlari hayotimizning ajralmas qismiga aylangan.

              O’zbekiston Respublikasi mustakillikka erishganidan so’ng transportning  xalq xoʻjaligiga va aholisiga xizmat koʻrsatishni tubdan yaxshilash va transportni boshqarish tizimini  takomillashtirish maqsadida “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (1992-y), “Oʻzbekiston avtomobil transporti” davlataksiyadorlik korporatsiyasi (1993-y), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlataksiyadorlik kompaniyasi (1994 y) va boshqa idoralar tashkil etildi.

Joriy yilning 10-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O’zbekison milliy kutubxonasining media zalida X Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekistonda hozirgi kunda transport sohasining o‘rni va ahamiyati haqida TDTU “Avtomobil transporti muhandisligi” fakulteti Transport energetik qurilmalari kafedra mudiri R. Axmadjonov va professor-o‘qituvchilar bilan “Yangi O‘zbekiston rivojlanishida transport vositalarining ahamiyati” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida  transport tarixi haqida, yangi O‘zbekistonning rivojlanishida transportning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi samaradorligini oshirish, xalq xo‘jaligini turli sohalarida muvafaqqiyatlarga erishishdagi, aholining turmush farovonlik darajasini ko‘tarish haqida ma’lumotlar berildi.

Milliy iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlaridan biri – transportni, uning infratuzilmasini rivojlantirishda mavjud resurslardan oqilona va samarali foydalanish bugungi kunning ob’yektiv zaruriyatidir. Chunki jahon iqtisodiyotini ham, mintaqa yoki mamlakat iqtisodiyotini ham transport tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. Bugungi kunda transport tizimini rivojlantirish masalasi yeng ustuvor vazifalardan biri etib qo‘yilgan,-dedi Ravshanjon Axmadjonov.   

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram