Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Yangi O‘zbekiston rivojlanishida transport vositalarining ahamiyati

“Yangi O‘zbekiston rivojlanishida transport vositalarining ahamiyati” mavzusida davra suhbati

Bugungi kunda xech birimiz kundalik hayetimizni trasport vositalarsiz tasavvur qila olmaymiz. Ishga yoki o‘qishga, maktabu bog‘chalarga va umuman har qanday manzilga yetib borishda bizga qulaylik yaratuvchi trasport vositlari hayotimizning ajralmas qismiga aylangan.

O’zbekiston Respublikasi mustakillikka erishganidan so’ng transportning  xalq xoʻjaligiga va aholisiga xizmat koʻrsatishni tubdan yaxshilash va transportni boshqarish tizimini  takomillashtirish maqsadida “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (1992-y), “Oʻzbekiston avtomobil transporti” davlataksiyadorlik korporatsiyasi (1993-y), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlataksiyadorlik kompaniyasi (1994 y) va boshqa idoralar tashkil etildi.

Joriy yilning 10-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O’zbekison milliy kutubxonasining media zalida X Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekistonda hozirgi kunda transport sohasining o‘rni va ahamiyati haqida TDTU “Avtomobil transporti muhandisligi” fakulteti Transport energetik qurilmalari kafedra mudiri R. Axmadjonov va professor-o‘qituvchilar bilan “Yangi O‘zbekiston rivojlanishida transport vositalarining ahamiyati” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram