OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Yangi O’zbekiston – yoshlar uchun yangi imkoniyatlar

Yangi O’zbekiston – yoshlar uchun yangi imkoniyatlar

Oxirgi yillarda O’zbekiston Respublikasida katta o’zgarishlarni ko’rish mumkin. Milliy taraqqiyotning hozirgi bosqichi o’zining ochiqligi, so’z erkinligining keng rivojlanishi va jamiyatni erkinlashtirish bilan ajralib turadigan “Yangi O’zbekiston” deb nomlana boshladi. Sifat jihatdan yangi jamiyatimizda yosh avlodni kamol toptirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Davlat rahbarining doimiy ravishda yoshlar bilan uchrashib turishi, ularning dolzarb muammolari bilan qiziqishi, uning shaxsiy tashabbusi bilan yoshlar parlamenti, Yoshlar ishlari bo’yicha agentlik tashkil etildi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash bilan birga, mamlakatimizda yoshlarimizga o’zlari istagan oliy ta’lim muassasasida taxsil olib, yetuk mutaxassis bo’lib yetishishlari uchun barcha shart sharoitlar yaratilmoqda. Xar yili yangi xalqaro oliy ta’lim muassasalari O’zbekistonda o’z faoliyatlarini boshlab, yoshlarimiz ta’lim olishlari uchun keng imkoniyatlar berilmoqda.
Bu borada Toshkent davlat transport universitetida ham talaygina ishlar amalga oshirilmoqda. Universitetimizga uzoq viloyatlardan kelib tahsil olayetgan talabalar uchun yotoqxonalarning mavjudligi, universitet xududida “Madadkar” tibbiyot punkti, universitetda 140 000 nomli 774 mingdan ortiq darslik, ilmiy va badiiy kitob fondiga ega bo’lgan kutubxonaning, shuningdek bir nechta turdagi fan va sport to’garaklarning faoliyat yuritishi talabalarimiz darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun yaratilgan shart sharoitlardan bir misoldir. Ta’kidlab o’tish joizki, uzoq viloyatlardan kelib tahsil olayetgan talabalar-qizlarning barchasi universitet talabalar turar joyiga joylashtiriladilar. Shuningdek, universitetni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarimizning barchasi ish bilan ta’minlanishi ham olib borilayetgan maqtovga sazovordir.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram