Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Yangi yil bayrami arafasida “30-Mehribonlik uyi”ga tashrif tashkil etildi

Yangi yil bayrami arafasida “30-Mehribonlik uyi”ga tashrif tashkil etildi

Mehr-muruvvat hamma zamonlarda ulug‘langan. Inson ko‘p narsadan to‘yishi mumkin, faqat mehrdan va go‘zallikdan emas. Ayniqsa, mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilariga mehr ulashish savob amallarning eng afzallaridan biri hisoblanadi.

Yangi yil bayrami munosabati bilan joriy yilning 25 dekabr kuni Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti “Shahar yo‘llari va ko‘chalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda faol talaba-yoshlar Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan “30-Mehribonlik uyi” ga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida dotsent v.b. Sh.Xalimova Mehribonlik uyi jamoasini kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan sidqidildan tabriklab, o‘z so‘zida davlatimiz tomonidan barkamol yoshlarni tarbiyalash, jumladan, bolajonlarga to‘laqonli tarbiya berish, aqlan va jismonan sog‘lom voyaga yetishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va berilgan imkoniyatlar hususida to‘xtalib, mehr-muhabbat ko‘rib ulg‘ayayotgan yoshlardan albatta buyuk ishlarga qodir, yurt kelajagi uchun mas’uliyatli, yetuk, dunyoqarashi keng insonlarning yetishib chiqishiga umid bildirdi.

Tadbir yakunida “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari uchun yangi yil bayram sovg‘alari, bayram torti tortiq etildi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!