Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Yangi yo’lo’tkazgich foydalanishga topshirildi.

Yangi yo’lo’tkazgich foydalanishga topshirildi.

Toshkent shahri bugungi kunda yirik megapolislardan biri, harakat jadalligi va transport oqimi 2-3 barobar ko’payib, shahar ko’chalarida bir kunda 700-800 mingdan ziyod transport harakatlanmoqda. Shu tufayli yo’l infratuzilmasi ob’ektlari, ko’priklar va yo’lo’tkazgichlar qurilishi zamon talabiga mos ravishda rivojlanib bormoqda.

Davlatimiz raxbari tomonidan Sergeli va Yakkasaroy tumanlarini bog’lovchi yo’l o’tkazgichlar ko’zdan kechirildi va foydalanishga topshirildi. Loyiha ikki bosqichda amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda Cho’ponota ko’chasidan Toshkent halqa yo’ligacha qariyb 2 kilometrlik trassa qurib bitkazilgan. Uning Kichik halqa yo’li ustidan o’tgan qismida 788 metrlik ko’prik va Toshkent halqa yo’liga tutashgan joyida ikkita 207 metrlik yo’l o’tkazgich barpo etilgan.

Yo’l o’tkazgichning umumiy ko’rinishi

Yo’lo’tkazgichning Cho’ponota ko’chasiga tutashuv qismidagi egri joyi

Talaba va magistrlar ishtirokida tashkil etilgan ekskursiyadan lavha

Ushbu yangi yo’l va ko’priklar muhandislik yechimiga ko’ra juda qulay usullarda loyihalangan. Birinchidan, Yo’lo’tkazgichning o’ziga hos jihati shundaki, qurilish ishlari monolit uslubda olib borildi. Ikkinchidan, mazkur yangi yo’l Toshkentning eng yirik transport arteriyalari – kichik va katta halqa yo’llari bilan kesishadi. Uchinchidan, transport oqimlarining yangi yo’lo’tkazgichga chiqishi va tushishi qulay tarzda loyihalangan. to’rtinchidan, yo’lo’tkazgichning kichik halqa yo’li va Cho’ponota kesishmasidagi oraliq qurilmasi O’zbekiston Respublikasi seysmik sharoitida birinchi marotaba egrilikdagi uchastkasi monolit usulda qurilgan.

Hozirgi kunda Turkiyalik va mahalliy mutaxassislar ishtirokida amalga oshirilgan qurilish ishlarida Toshkent davlat transport universiteti “Ko’priklar va tonnellar” kafedrasi bitiruvchilari ham ishtirok etishdi. Shuningdek, qurilish mobaynida universitet talabalarining qurilish ob’ektiga ekskursiyalari muntazam ravishda tashkil etib borilmoqda.

To’rtinchi bosqich talabalaridan 15 nafarining o’quv-ishlab chiqarish amaliyoti bevosita ushbu ob’ektda bo’lib o’tdi.

Talabalarning o’quv-ishlab chiqarish amaliyoti ushbu ob’ektda bo’lib o’tdi

Toshkent halqa avtomobil yo’li bo’ylab qurilgan monolit yo’l o’tkazgich

Ayni paytda loyihaning ikkinchi bosqichi doirasida jadal ish olib borilmoqda. Toshkent halqa yo’lidan Qipchoq ko’chasigacha bo’lgan 4 kilometrdan ziyod yo’l qurilmoqda.
Mazkur 6 qatorli yo’lo’tkazgich va ko’priklar soatiga 12 mingtagacha avtotransportni o’tkazish quvatiga ega bo’ladi. Bu orqali, Sergeli tumanidan shahar markaziga yetib borish vaqti oldingi 40-50 daqiqa o’rniga 20 daqiqani tashkil qiladi. Yangi Sergeli ko’chasidagi tirbandlik ikki baravarga qisqaradi.

“Ko’priklar va tonnelaar” kafedrasi bu kabi infrastruktura ob’ektlarini loyihalash va qurish jarayonida muntazam ravishda ishtirok etib kelmoqda.

 

“Ko’priklar va tonnellar” kafedrasi axborot xizmati

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram