O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Toshkent halqa yo’li va Qipchoq ko’chalari oralig’ida qurilgan 6 tasmali yo’l o’tkazgichiga tashrifi doirasida yo’lsozlik, obodonlashtirish va kommunal sohalarda qo’llaniladigan maxsus texnikalarni boshqarish uchun operatorlarni tayyorlash vazifasi yuklatilgan edi.
Ushbu topshiriq ijrosi doirasida Toshkent davlat transport universitetining yetuk professor-o’qituvchilari, “UzAutoTrailer” MChJ hamda Rossiya Federatsiyasining “Kurgandormash” AJ, “Merkator”, “Kamaz” AJ bilan birgalikda noyabr oyining birinchi xaftasida “Maxsus texnika operatori” o’quv kurslariga Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan 65 nafar malakali tinglovchilar tayyorladi. O’quv kursi oxirida yakuniy imtixonlardan muvaffaqiyatli o’tgan “Maxsus texnika operatori” ilk bitiruvchilariga Maxsus sertifikatlar topshirildi.