Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Yangi Zamon Bino” MCHJ bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi

“Yangi Zamon Bino” MCHJ bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi

Joriy yilning 12-may kuni Toshkent davlat transport universiteti va “Yangi Zamon Bino” MCHJ o’rtasida o’zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi. Uchrashuvda Toshkent davlat transport universiteti rektori O.K.Abduraxmanov va “Yangi Zamon Bino” MCHJ loyiha boshqaruv direksiyasi direktori B.S.Rizayev ishtirok etishdi. Universitet professor-o’qituvchilarni “Yangi Zamon Bino” MCHJ korxona ob’yektlarida stajirovka qilishi, talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti, ularni kompaniyaning korxonalarida ishlash uchun sharoitlar yaratish va boshqa bir qancha masalalar bo’yicha kelishuvga erishildi. Uchrashuvdan so’ng “Yangi Zamon Bino” MCHJ kompaniyasi vakillari universitetning “Bino va sanoat inshootlari” kafedrasi faoliyati bilan tanishdi.
Avvalroq, “Yangi Zamon Bino” MCHJ Loyiha boshqaruv direksiyasi direktori B.S.Rizayev bilan Qurilish muhandisligi fakulteti dekani Asqar Babayev o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tgan edi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!