Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Yangi Zamon Bino” MCHJ Loyiha boshqaruv direksiyasi direktori bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

“Yangi Zamon Bino” MCHJ Loyiha boshqaruv direksiyasi direktori bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

“Yangi Zamon Bino” MCHJ Loyiha boshqaruv direksiyasi direktori Baxram Rizayev bilan Qurilish muhandisligi fakulteti dekani Asqar Babayev o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda “Yangi Zamon Bino” MCHJ Loyiha boshqaruv direksiyasi bilan Qurilish muhandisligi fakulteti talabalarining kasbiy mahoratini oshirish va amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish hamda ularni sanoat qurilishi, loyihalash, boshqarish, sanoatni rivojlantirish va boshqa faoliyat sohalaridagi zamonaviy talablar bilan tanishtirish maqsadida tomonlar qo’shma hamkorlik to’g’risida kelishib oldilar. Kelgusida Direksiya va Universitet hamkorlik maqsadida iqtidorli bakalavriat va magistratura talabalariga, ularning o’qishi davomida ishlab chiqarish va bitiruv oldi amaliyoti uchun sharoit yaratishi, amaliyotlarda faol ishtirok etgan iqtidorli talabalarning to’lov shartnomasini amalga oshirishga ko’maklashishi, bunda Direksiya va iqtidorli talaba bilan shartnoma tuzilishiga erishiladi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!