OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Kengash yangiliklar

Yaponiya universitetlari bilan hamkorlik aloqalari yangi bosqichda

Yaponiya universitetlari bilan hamkorlik aloqalari yangi bosqichda Joriy yilning 27-29 sentabr kunlari Yaponiyaning Tokyo shahrida o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston va Yaponiya universitetlari rektorlarining To‘rtinchi forumi” doirasida Toshkent davlat transport universiteti prorektori, professor A.A.Gulamov Yaponiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan yangi hamkorliklarni tashkil etish, o‘rnatilgan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Toshkent davlat transport universiteti Tokio qishloq xo’jaligi va texnologiya universiteti, Tadbirkorlik instituti vitse-prezidenti Eiko Tomiyama va Kinjo Gakuin universiteti bilan bilan ikki tomonlama o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, xususan, qo‘shma bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun qisqa muddatli stajirovkalarni tashkil etish kabi masalalari muhokama etildi.

Toshkent davlat transport universiteti prorektori A.A.Gulamov Oʻzbekiston-Yaponiya IV forumida ishtirok etmoqda

Toshkent davlat transport universiteti prorektori A.A.Gulamov Oʻzbekiston-Yaponiya IV forumida ishtirok etmoqda Shu kunlarda kunchiqar mamlakatda Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida oʻrnatilgan diplomatik munosabatlarning 30 yilligiga bagʻishlangan 4-xalqaro rektorlar forumi boʻlib oʻtmoqda. Ushbu forumda Toshkent davlat transport universiteti prorektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor A.A.Gulamov ishtirok etmoqda. Ikki kun davomida Yaponiyaning Sukuba universitetida oʻtkaziladigan forumda 25 ga yaqin Yaponiya universitetlaridan vakillar ishtirok etmoqda. Oʻzbekiston tomonidan esa 20 dan ortiq rektor, prorektor va Yaponiya OTMlari bilan toʻgʻridan toʻgʻri samarali hamkorlik qilayotgan professor-oʻqituvchilar qatnashmoqda.

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi Joriy yilning 24-sentabr kuni Toshkent davlat transport universitetiga Jahon Bankining bir guruh vakillari tashrif buyurdi. Tashrif mobaynida universitet rahbariyati hamda mehmonlar ishtirokida muzokara olib borildi. Muzokaralar davomida tomonlar kelgusida Aviatsiya sohasini yanada rivojlantirish hamda soha kadrlarini tayyorlash uchun zarur istiqbolli rejalar xususida muhokamalar olib borishdi. Muzokaradan soʻng mehmonlarga universitetning muzeyi va o‘quv laboratoriya xonalari tanishtirib oʻtildi.

Turkiyaning Ege universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Turkiyaning Ege universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi Toshkent davlat transport universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori B.Turayev va xorijiy mutaxassis M.Karlik, Eleketrotexnika va komyuter muhandisligi hamda Qurilish muhandisligi fakulteti dekanlari Ege universitetining prorektori Haqan Abdulgay hamda fakultetlari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida yangi qo‘shma diplom yoʻnalishlari hamda turk tilini oʻrganish markazi (TÖMER) ochilishi va keyinchalik bu toʻgʻrisida sertikat berilishi toʻgʻrisida kelishib olindi. Maʼlumot uchun: Ege universitetining dastlabki ikki fakulteti 1955-yilda tashkil etilgan Tibbiyot fakulteti va Qishloq xo’jaligi fakultetidir. Huddi shu o’quv yilida hamshiralik fakulteti ham tashkil etilgan. 20 yil ichida Ege universiteti o’z akademik bo’linmalariga yangi fakultet, muassasa va maktablarni qo’shdi. 2019-yilga kelib Ege universiteti tarkibida 17 ta fakultet, 9 ta institut, 4 ta oliy oʻquv yurti, 1 ta Turk musiqasi davlat konservatoriyasi, 10 ta kasb-hunar maktabi, 6 ta rektorat boʻlimi, 37 ta amaliy va tadqiqot markazlari mavjud.

Xitoy Tyanzin dengizchilik kolleji vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Xitoy Tyanzin dengizchilik kolleji vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi Bugun Toshkent davlat transport universiteti hamda Xitoy Tyanzin dengizchilik kolleji rektori va prorektorlari hamda xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshligʻi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida Transport universitetida zamonaviy logistika va IT texnologiyalari laboratoriyasi qurilishi, akademik mobillik, universitetlararo hamkorlik, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishiga kelishilib olindi. Maʼlumot uchun: Tyanzin dengiz kolleji (TMC) – bu Tyanzin shahar ta’lim komissiyasining bevosita boshqaruvi ostidagi kunduzgi davlat oliy kasb-hunar maktabi. Maktabning kelib chiqishi tarixi 1962-yilga toʻgʻri keladi. 2017-yilda Tyanjin shahar taʼlim komissiyasi TMCning nazorat tashkilotiga aylandi. Kollej hozirda Tyanzindagi yuqori malakali isteʼdodlarni tarbiyalash boʻyicha oʻquv bazasi, Binhai Yangi tumanidagi yuqori malakali va shoshilinch zarur boʻlgan dengiz transporti xodimlarini tayyorlash bazasi va yuqori sifatli xalqaro kruiz xizmati isteʼdodlarining beshigi sifatida tanilgan.

Transport universitetiga Malayziyaning MARA Texnologiya universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

Transport universitetiga Malayziyaning MARA Texnologiya universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi Joriy yilning 21-sentabr kuni Malayziyaning MARA texnologiya universiteti delegatsiyasi Toshkent davlat transport universitetiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda Malayziyaning MARA Texnologiya universitetidan tashrif buyurgan professor-oʻqituvchilari universitet xalqaro boʻlimi, “Qurilish muhandisligi” fakulteti,“Oliy matematika” kafedrasidan professor-o’qituvchlar ishtirok etdi. Universitetning “Kompyuter va matematika fanlari” fakulteti hamkorligida universitet bilan qoʻshma ta’lim loyihalarini rejalashtirish, hamkorlik bo’yicha memorandumni ishlab chiqishdan iborat boʻldi. Maʼlumot uchun: MARA texnologiya universiteti 1956 yil tashkil etilgan bo’lib, Malayziya Podtoki patronaji ostida faoliyat yuritadi va mamlakatning eng yirik davlat oliygohlaridan hisoblanadi. “QS Rankings” jahon reytingida 651-o’rinni egallaydi. Universitetning mamlakat bo’ylab 34 ta filiali mavjud. Ta’lim muassasasi 500 dan ortiq mutaxassislik bo’yicha bakalavriat, magistratura va doktorantura yoʻnalishlarida ta’lim dasturlarini taqdim etadi.
1 2 3 14