Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“YASHIL MAKON” aksiyasi o’tkazildi

“YASHIL MAKON” aksiyasi o’tkazildi

Daraxtlar – havodagi zararli karbonat angidridni yutib, o‘rniga kislorod ishlab chiqaradi va bizning nafas olishimizga yordam beradi. Ular issiqda salqinlik beradi, atrof-muhitni shovqinlardan himoya qiladi.

Maʼlumotga ko‘ra, hozirgi kunda dunyo bo‘yicha 3 trln atrofida daraxt mavjud. Biroq har bir daqiqada ularning 27 ta futbol maydoniga teng qismi kesilmoqda.

Respublikamiz bo’ylab Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasini eʼlon qildi. Loyiha doirasida yiliga 200 mln tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.

24-noyabr kuni talabalar shaharchasida “Yashil makon” aksiyasi o’tkazildi. 3-TTJ 2-qavat talabalari tomonidan universitetimiz stadioni oldidagi yashil maydonda obodonlashtirish ishlari olib borildi. Kuzgi mavsumda daraxtdan to’kilgan xazonlarni olib, yashil maydon bo’sh joylarida talabalar tomonidan kuzgi 50 tupga yaqin ko’chatlar ekildi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram