OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Yaxshi dam mehnatga hamdam

Yaxshi dam mehnatga hamdam

Universitetda ishlayotgan ishchi xizmatchilarga nafaqat ishlash uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan, balki sifatli va to’liq dam olib sog’liqlarini tiklab olish uchun (zaruratga ko’ra) ishchi xizmatchilar uchun yaratilgan inshootlar mavjud, unda ish yoki o’qishdan tashqari vaktida tabiat qo’ynida dam olishlari mumkin. Farzandlarini tabiat inomlaridan bahramand bo’lshlari uchun dam olish maskanlariga yo’llamalar beriladi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3514-son qarori, Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining teatrlar, muzey va muzey-qo’riqxonalar hamda kinoteatrlarga jamoaviy borishni tashkillashtirish bo’yicha 2021 yilga mo’ljallangan chora-dasturlar to’g’risida”gi 1-sonli byonida belgilangan vazifalarga binoan, universitet talabalar ijrosi ichki turizmni rivojlantirish maqsadida har oyda 300 nafar talabadan tasdiqlangan reja asosida muzey, teatr, turli dam olish maskandlari va Hazrati Imom majmuasi, Islom Karimov, Minor masjidlari, Shayx Xovandi Toxur, Ko’kaldosh madrasalariga, Mustaqillik davrida bunyod etilgan inshootlar Biznes markazi, “Ma’rifat maskani”, O’zbekiston milliy kutubxonasi, “Xumo” arenasi, Toshkent Siti, Islom Sivilizatsiyasi markazilariga tashriflar uyushtirilishi yo’lga qo’yilgan. aprelь kuni “Hayrat”, “Islomxo’ja”, O’zbekiston davlat drama teatrida sahnalantirilgan “Er baribir aylanaveradi” spektakliga, O’zbekiston davlat drama teatrida sahnalashtirilgan “Ming yillik xangoma” spektaliga O’zbek Milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan Izzat Sulton asariga mansub “Iymon” spektakliga, Qurolli kuchlar tarixi davlat muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, O’zbekiston davlat tabiat muzeyi, Olimpiya shon-shuxrat muzeyi, Toshkent davlat geologiya muzeyi, Badiiy ko’rgazmalar direktsiyasi, Toshkent fotosuratlar uyi, Xalqaro madaniyat va karvonsaroyi, Kamoliddin Behzod nomli Sharq miniatyura san’ati muzeyi, O’zbekiston davlat san’at muzeyi, O’zbekiston amaliy san’at va xunarmandchilik muzeyi, O’zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi muzeyi, Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeylariga tashriflari uyushtirildi. Shu bilan birga, Yoshlar masalalari bo’yicha respublika idoralararo kengashi majlisining 2018 yil 8 fevraldagi 3 va 4-sonli bayonlari, “O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi” hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2019 yil 7 noyabrdagi 25445-hh-sonli topshiriq xati ijrosini ta’minlash , iqtidorli talabalarga o’z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish maqsadida universitetda badiiy rahbar shtati joriy etilgan. Bunga sabab talabalar va universite jamoasini madaniy dam olishga sharoit yaratish va iqtidorlilarni aniqlash. Universitetda “Yoshlik” teatr studiyasi, folьklor ansabli, raqs, suhandonlik to’garaklari o’z faoliyatini olib bormoqda. Shuningdek, Toshkent shahridagi teatrlardan mahoratli aktyorlar bilan uchrashuvlar muntazam tashkil etilib kelinmoqda.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram