Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

YELABUGA INSTITUTI BILAN QO’SHMA TA’LIM DASTURI FAOLIYATINI BOSHLADI

YELABUGA INSTITUTI BILAN QO’SHMA TA’LIM DASTURI FAOLIYATINI BOSHLADI

O’quv yili boshida “Transport iqtisodiyoti” kafedrasi tomonidan Kazan Federal universiteti qoshidagi Yelabuga instituti bilan hamkorlik shartnomasi tuzilgan. “Iqtisodiyot” bakalavr ta’lim yo‘nalishi qo‘shma dasturi bo‘yicha kelishuvlar tuzilib, kelgusi ishlar rejasi tasdiqlanib olingan edi.

Ushbu rejalar ijrosi bugungi kunda o‘z samarasini berib, “Iqtisodiyot” bakalavr ta’lim yo‘nalishi qo‘shma dasturi asosida 42 ta hujjat topshirgan abiturientlar safidan imtixonlarni muvaffaqiyatli topshirgan 18 ta talaba o‘qishni boshladi.

2021-yil 6-dekabr kuni majlislar zalida Toshkent davlat transport universiteti rahbariyati ishtirokida TDTU xalqaro ta’lim dasturlarining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. “Transport iqtisodiyoti” kafedrasi mudiri S.A.Yuldasheva talabalarga “Iqtisodiyot” yo‘nalishi bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni berib, o‘quv rejada keltirilgan fanlarning maqsadi, mohiyati bilan tanishtirdi.
 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram