Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Yil davomida xalqaro hamkorlikda erishilgan natijalar muhokamasi boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi

Yil davomida xalqaro hamkorlikda erishilgan natijalar muhokamasi boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi

Toshkent davlat transport universitetida xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo’yicha yil davomida juda ko’plab ishlar amalga oshirildi. Jumladan, xalqaro memorandumlar, shartnomalar imzolandi hamda stajirovkalar yo’lga qo’yildi. Universitet xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori B.H.To’rayev fakultet dekanlari, o‘quv bo‘limi va ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshliqlari bilan uchrashdi. Transport universiteti talabalarining akademik mobillik bo‘yicha 6-7-semestrlarda Katovitse shahrida joylashgan Silezien texnika universitetida o‘qib, diplom himoyalarini qilishlari va bu jarayonlarni qanday amalga oshirish masalalari o‘quv bo‘limiga tushuntirib berildi.
Ilmiy tadqiqodlar bo‘limiga esa, har yili 5 tagacha PhD himoya qilinishi va stipendiyalarni qo‘lga kiritish bo‘yicha tavsiyalar berildi, mexanizmlari o‘rgatildi.
Scopus bazasida bo’lgan Silezien texnika universiteti va Varshava politexnika universitetlarining ilmiy jurnallarida Transport universiteti professor-o‘qituvchilarining ilmiy maqolalarini chop etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Aviatsiya sohasidagi Xelm shahridagi Amaliy fanlar akademiyasida uchuvchilarni tayyorlash uchun universitetimiz talabalari 1-kursni tamomlagach kreditlarini hisobga olgan holda ikkinchi bosqichdan davom ettirish bo‘yicha yo‘riqnoma va tavsiyalar berildi.
Xalqaro hamkorlikda yuqoridagi masalalarni tushuntirish, tavsiyalar berish maqsadida ushbu master klassni tashkillashtirgan.
Universitetda 2022-yili aprel-may oylarida Xalqaro hamkorlik bo’yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
– Polsha davlat amaliy fanlar akademiyasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi
– Polshaning intellektual transport tizimlari assotsiatsiyasi prezidenti Marek Litvin bilan kelishuv imzolandi
– Belorussiya davlat transport universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi
– Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti bilan memorandum imzolandi
– Chexiya Logistika maktabi bilan shartnoma imzolandi
– Polsha Respublikasining intellektual transport tizimlari assotsiatsiyasi bilan kelishuv imzolandi
– Varshava politexnika universiteti oʻrtasida memorandum imzolandi

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!