Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Yo‘llar, yo‘llarni raqamlashtirish va yo‘l harakati xavfsizligi. Yo‘l telematikasi” yangi ixtisosligi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yil 11-fevraldagi  Farg‘ona viloyatiga  hamda 2021-yil 27-fevralida  Namangan viloyatiga  tashrifi davomida  xalqaro andozalarga muvofiq  transport sohasida oliy malakali kadrlarni tayyorlash, ilmiy salohiyatni oshirish, ilmiy –tadqiqot va innovasion faoliyatni jadallashtirish vazifasi berilgan.

Ushbu topshiriqlar ijrosi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi Rayosatining 2022 yil 31 avgustdagi  322/3-sonli qarori bilan “Geotexnika (Yo‘llar, yo‘llarni raqamlashtirish va yo‘l harakati xavfsizligi. Yo‘l telematikasi)” ixtisosligi bo‘yicha  Toshkent davlat transport universiteti qoshida PhD.15/31.08.2022.T.73.05 raqamli ilmiy kengash tashkil etildi.

Toshkent davlat transport universiteti qoshida tashkil etilgan ushbu ilmiy Kengash avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish, ekspluatasiya qilish hamda ushbu jarayonlarni   raqamlashtirish, yo‘l harakat xavfsizligini ta’minlash  soxasidagi zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, yo‘l soxasidagi muammolarni ilmiy asoslangan xolda yechish, shuningdek,  yo‘l soxasidagi ishlab chiqarish korxonalarida ilmiy darajali yosh kadrlarga bo‘lgan extiyojni qondirish imkoniyatini yaratadi.