Xorazmlik saylovchilar bilan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev tibbiy ta’lim sifatidan mutlaqo norozi ekanligini aytdi.
“Afsuski tibbiyot oliygohlaridagi ahvol qoniqarli emas. Faqat diplom uchun o’qishadi, 6-7 yil o’qib chiqsa ham, yetarli tajriba va bilimga ega bo’lmaydi. Hatto oddiy ukol qilishni bilmaydi ayrimlari.
Endi unaqa bo’lmaydi. Talabalar yuqori kursga o’tganda, diplom olishidan avval 1 yil qishloq vrachlik punktlariga borib, ishlaydi. Ish o’rganadi. Xalqqa xizmat qiladi.
O’qishni ham qiyin qilamiz, faqat diplom uchun o’qitadigan davrlar o’tdi endi. O’zingiz o’ylang, yomon o’qigan injener traktorni buzadi, yomon o’qigan shifokor esa odamni o’ldiradi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali mustaqil oliygohga aylantiriladi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram