Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“YOSh OLIM-2021” TAQDIRLASh MAROSIMI BO’LIB O’TDI

“YoSh OLIM-2021” TAQDIRLASh MAROSIMI BO’LIB O’TDI

17-18 may kunlari Qozog’istonda yosh olimlarni ilmiy loyihalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida Qozog’iston Respublikasi poytaxti Nur-Sultan shahrida “Zamonaviy dunyoda ilm va ta’lim” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya bo’lib o’tdi. Mazkur anjumanda Qozog’iston, O’zbekiston, Tojikiston, Belarussiya, Rossiya, Qirg’iziston, Ukraina, Moldoviya va Turkiya davlatlaridan 1200dan ortiq yosh olimlar ishtirok etishdi.

Anjuman doirasida “Yosh olim-2021” tanlovi g’oliblari, jumladan, Toshkent davlat transport universiteti “Avtomobilь yo’llarini qidiruv va loyihalash” kafedrasi assistenti Qayumov Azizjon Karimjon o’g’li faol ishtirok etib, tanlovning “Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi ilm va ta’lim rivojlanishiga qo’shgan hissasi uchun” medali hamda I–darajali diplom va “Eng yaxshi yosh olim-2021” anjuman to’plami bilan taqdirlandi.

Yosh olim Qayumov Azizjonni taqdirlash uchun Qozog’iston Respublikasi yuridik shaxslar birlashuvi ko’rinishidagi assosiatsiyasi “Bobek” direktori Yerkebulan Abiyev universitetimizga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida “Avtomobilь yo’llari muhandisligi” fakulьteti dekani t.f.d., professor Asliddin O’roqov va “Avtomobilь yo’llarini qidiruv va loyihalash” kafedrasi professor-o’qituvchilari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida yosh olimlarni qo’llab-quvatlash maqsadida hamda xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo’yicha shartnoma imzolandi.

Leave a Reply