OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Yoshlar va reproduktiv salomatlik

Yoshlar va reproduktiv salomatlik

Butun dunyoda oila instituti inqirozining salbiy ko’rinishlari, nikohlarning barqaror emasligi, oilaviy ajrimlar sonining ortishi, nikohsiz bolalar tug’ilishining ko’payishi, farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik hamda keksalarga nisbatan bepisand munosabatda bo’lish avj olmoqda. Bunday vaziyatda bu kabi noxush holatlarning oldini olish borasida zaruriy chora tadbirlarni ko’rish muhimdir. Shuning uchun ham oila “Oila-muqaddas”, “Sog’lom oila – sog’lom jamiyat”, “Oila – jamiyat va davlat himoyasida”, “Farovon oila – jamiyat ravnaqining asosi” kontseptual g’oyalarini yoshlarlarning ongiga singdirish va tatbiq etish davlatlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrь “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 820-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida universitetda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yoshlarni oila qurish, jinsiy munosabatda ama kilish kerak bulgan ba’zi shartlar va uning salbiy va ijobiy natijalarini bo’yicha tushunchalar berish maqsadida “Qaynona-kelin”, “Qizlarjonlar” maktabining faoliyati yo’lga qo’yildi. 15-18 yashar o’smir jinsiy jihatdan yetilishi va unda o’zga jinsga nisbatan intilish mayli paydo bo’lishini, jinslar o’rtasidagi masalalarga qiziqa boshlashini, o’smirning gavda shakli, ruhiyati, xulq-atvori o’zgarishini inobatga olib, muntazam ravishda Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bilan imzolangan memorandum asosida va Mirobod tumani FMB bilan talabalar uchun urolog va ginekologlar bilan profilaktik davra suhbatlari tashkil etilib kelinmoqda.

 

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram