Qurilish muhandisligi fakulьteti faollari “mahallabay” ishlash tizimi doirasida “Zaminobod” mahalla bolalari bilan Adiblar xiyoboniga sayyohat uyushtirishdi.
Mahalla bolalari Adiblar xiyoboni bilan tanishdi. Har bir adib xaykali poyida adiblarimizning hayoti va ijodi bilan bog’liq taassurotlari haqida gapirib berdilar.
Transport universitetiga biriktirilgan adib Maqsud Shayxzoda ijodi yuzasidan qiziqarli savol-javoblar o’tkazildi. Yosh Shayxzodashunoslar bolalar adabiyoti na’munalari bilan taqdirlandilar.
Bolalarga badiiy adabiyot mutolaa qilishlari uchun topshiriqlar berilib, natijasi bo’yicha Adiblar xiyobonida uchrashishga kelishib olindi. “Zaminobod” mahalla bolalari qisqa muddatlarda ta’til topshiriqlarini bajarishga va’da berdilar.